MULOQOT

09.06.2021

   Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori Ma’rufxon Xodjayev boshchiligida viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i O‘.Mashrapov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Qo‘qon MTU” raxbari B.Millajanovlar ishtirokida Andijon vagon deposida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

 

 Muloqot davomida birinchi o‘rinda Prezidentimizning yoshlarga oid davlat siyosatini ahamiyati yoshlarga tushuntirilib o‘tildi. Shundan so‘ng yoshlarning taklif va muammolari tinglab o‘tilib, tegishli mutasaddi rahbarlarga toshririqlar berib o‘tildi.

 

   Muloqot jarayonidan so‘ng Transport prokurori tomonidan ushbu muassasada ishlab kelayotgan faol yoshlarga o‘zining estalik sovg‘alarini taqdim etdib, muassasada yoshlar uchun yaratilgan sport inshootlari hamda dam olish joylarining holati ham o‘rganib chiqildi.

 

Boshqarma MATBUOT XIZMATI