Andijonda yer usti metrosi qurilishi loyihalari

02.07.2021

Viloyatda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda jahon andozalariga mos transport xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Hususan kecha Andijonda yer usti metrosi qurilishi bo‘yicha loyihalar o‘rganilayotganligi to‘g‘risida axborot berilgan edi. Bugun ushbu metro Yangi Andijondan Andijon shahriga qadar bo‘lgan yo‘l infratuzilmasi o‘rganildi. Avvalo ushbu inshootni qurishda birinchi navbatda aholi va ijtimoiy ob’yektlarga halaqit bermaydigan tarzda barpo etish ko‘zda tutilmoqda.

 Loyihani amalga oshirishda viloyat hokimligi, Transport vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Turkiyalik mutaxassislar bilan birgalikda texnik, iqtisodiy va qurilish bo‘yicha normalari joylarga chiqgan holatda o‘rganilmoqda.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI