ANDIJON - TOSHKENT HAMDA TOSHKENT - ANDIJON POYEZDLARI HARAKAT JADVALI

07.07.2021

   Ayni kunlarda mamlakatimizda anomal issiq havo kuzatilayotganligi sababli poyezdlari harakat jadvalida o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

 

   Ya’niki: issiq havo paytida temir yo‘l relslarida harorat ortishi poyezdning harakat xavfsizligini birmuncha pasaytirishi mumkin. Shunga asosan, Andijon - Toshkent hamda Toshkent - Andijon yo‘nalishlarida harakatni amalga oshirayotgan yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvalida o‘zgarish bo‘lib, o‘z manziliga belgilangan vaqtidan kechroq borishi mumkin.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI