BEPUL YURISH HUQUQIGA EGA BO'LGAN FUQAROLAR

08.07.2021

   

   «Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, quyidagi shaxslar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega:

- 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;

- 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;

- 1941–1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;

- Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;

- haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;

- Chyernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;

- ko‘zi ojiz nogironlar (faqat I gurux) va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.

Ushbu shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni amalga oshirish uchun Andijon viloyati Transport boshqarmasi tomonidan yagona namunadagi guvohnomalar taqdim etiladi.

 

Ish vaqti: shanba va yakshanba kunidan tashqari: 09:00 dan 18:00 gacha (13:00 dan 14:00 ga qadar tushlik vaqti)