Ko‘p yillik muammolar o‘z yechimini topmoqda

12.07.2021

   Ko‘p yillik muammolar o‘z yechimini topmoqda yoxud Cho‘rtonliq MFYning Qushchilar ko‘chasini Qorayontoq MFY bilan bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik qurib bitkazilmoqda.

   Qo'l bola ko'prikning holati

   Aholi vakillarini qiynab kelayotgan muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilib kelinmoqda. Hususan, Izboskan tumanida joylashgan Cho‘rtonliq MFYning Qushchilar ko‘chasi (Qoradaryo hamda Tentaksoy daryolari o‘rtasida joylashgan bo‘lib 58 xonadaon 288 ta fuqaroga ega joy) bo’lib ushbu maskan fuqarolarini qiynab kelgan muammo bu yillar mobaynida Tentaksoy daryosida mavsumiy suv ko‘tarilishi natijasida aholi vakillari tomonidan qurilgan qo‘l bola ko‘prikning oqib ketishi natijasida aholi vakillarining ishga, o’qishga va boshqa bir yumushlar uchun tuman hamda viloyat markazlariga borishi bir muncha qiyinchiliklarga sabab bo’lar edi.

   Lekin Andijon viloyati hokimining ushbu maskan fuqarolari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotidan so‘ng, ushbu hududni Qorayontoq MFY bilan bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangi ko'prik   

Zamonaviy ko‘prikning qurilishi natijasida 3 kilometrlik yo‘l 700 metrga qisqarmoqda.

Qo'shimcha qurilgan suv o'tkazish inshooti

Qo'shimcha qurilayotgan yana bir suv o'tkazish inshooti

Ma’lumot uchun inshootning uzunligi 75 m eni 7,5 m tashkil etib, qo‘shimcha ravishda 2 ta suv o‘tkazish inshooti qurib bitkazilmoqda.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI