AHOLI VAKILLARINING MAVJUD MUAMMOLARI O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA

24.07.2021

   Izboskan tumanida joylashgan Lo‘g‘umbek mahalla fuqarolar yig‘ini va Yangi Bo‘stonobod mahallalarining o‘rtasida katta Farg‘ona kanaliga paralell ravishda o‘tgan tashlama zovur mavjud.

   Ushbu zovur aholining qatnoviga noqulaylik tug‘dirib kelayotgan edi. Maktab, bog‘cha hamda mahalla qabristoni ham Lo‘g‘umbek qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, Yangi Bo‘stonobod mahallasi ahli 6 km uzoqlikdan aylanib o‘tishlari talab etilar edi.

   

   Bugunga kelib Andijon ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ushbu ikki qishloq orasiga aholi va avtomashinalar qatnovi uchun qulay bo‘lgan ko‘prik qurilmoqda. Iyul oyining so‘ngiga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan ushbu ko‘prikda qizg‘in ish ketmoqda.

Ma’lumot uchun: Yangi Bo‘stonobod mahallasida 38 honadon 200 dan ortiq fuqaro istiqomat qiladi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI