“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dastur doirasida yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

28.07.2021

 

   Urganji mahalla fuqarolari yig‘ini Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan bo‘lib, bu yil Obod qishloq va Obod mahalla dasturiga tushgan.

   Mahalla fuqarolari yig‘inining 12 ta ko‘chasining ichki yo‘llarida dastur doirasida 8114 metr uzunlikda asfalt qoplama hamda 938 metr shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilib, belgilangan rejaning 61 % dan ortig‘i to‘liq bajarildi.

Ma’lumot uchun: Prezidentimiz Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu MFY faollari bilan uchrashuvlar olib borgan.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI