VILOYATDA JAMOAT TRANSPORTIGA E’TIBOR KUCHAYMOQDA

30.07.2021

   Andijon shahrida aholiga transport xizmati ko‘rsatishda sifatli, qulay, arzon hamda tez harakatlanadigan transport xizmatini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


    Xususan, davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatda jamoat transportini rivojlantirish hamda Andijon va yangi Andijonni bog‘lovchi transport tizimni yaratish bo‘yicha Transport vazirligiga topshiriqlar berib o‘tgan.


    Endilikda topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Transport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Andijon shahrining 42 ta chorrahalariga maxsus kameralar o‘rnatish orqali harakatlanuvchi tarkibni o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.


    Shuningdek, Andijon va yangi Andijonni bog‘lovchi asosiy yo‘l yo‘nalishida (Amir temur shoh ko‘chasida) boshqarma hodimlari tomonidan tuzilgan guruhlar avtobus bekatlarida yo‘lovchilarning kunlik qatnov yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha monitoring ishlarini amalga oshirishmoqda.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI