2021-yil 1-sentyabrdan boshlab

06.09.2021

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5108-sonli Qaroriga asosan:

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagilar:

   a) yakka tartibdagi tashuvchilar o‘z faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi;

    b) agregatorlar xizmatidan foydalanishning shartlari etib:

yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarda yoki yakka tartibdagi tashuvchi sifatida yo‘lovchi tashishni amalga oshirishga litsenziya varaqasiga ega bo‘lish;

«Uztrans» yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan ko‘p tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharoiti mavjud bo‘lgan avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalarda hamda agregatorlar tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tish;

«Akkreditatsiya markazi» DUKda akkreditatsiyadan o‘tgan va «Uztrans» yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba texnik ko‘rikdan o‘tish;

    v) agregatorlik xizmatlarini ko‘rsatish shartlari etib:

mijozlarni izlash bo‘yicha maxsus dasturlarni Davlat soliq qo‘mitasining elektron axborot bazasi hamda «Uztrans» yagona interaktiv axborot tizimiga integratsiyalash;

o‘z xizmatlarini faqatgina yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga yoki yakka tartibdagi tashuvchi sifatida yo‘lovchi tashishni amalga oshirishga litsenziya varaqasiga ega bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatish;

 

Shuningdek, 1 sentyabrdan Yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun 1 bazaviy hisoblash miqdorida davlat boji undiriladi (270 ming so‘m).

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI