Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan ochiq muloqot

14.09.2021

   Bugun Andijon viloyatiga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l - qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i F.M. Salixovning tashrifi amalga oshirildi.

   Tashrif davomida Shahrixon tumanida joylashgan Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, unda aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Qabulda Shahrixon tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari ham ishtirok etib, murojaatlarga kerakli munosabat bildirdi. Faxriddin Salixov tomonidan aholining  savollariga javoblar berilib, yo‘l sifati bo‘yicha tekshiruvlar amalga oshirildi. Saylov o‘tkaziladigan hududlarni ko‘zdan kechirib, oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan vaziflar yuzasidan topshiriqlar berdi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI