MUNOSABAT

10.09.2021

 

  Andijon shahrining Yangi bozor hududida 14 - son “Toshloq – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishidagi hamda “Pistamozor – Andijon qishloq xo’jaligi Instituti” yo‘nalishidagi harakatlanuvchi avtobuslar ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz bergan.

 Yo‘l transport hodisasiga 14 - son “Toshloq – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobus haydovchisining avtotransport vositalari o‘rtasidagi oraliq masofani saqlamagani natijasida yuzaga kelgan.

 

 Yuzaga kelgan yo‘l transport hodisasi natijasida ikki avtobusning hech bir yo‘lovchisiga tan jarohati yetmagan.

 


Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI