Joriy yilning 3 choragi davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili

12.10.2021

   Bugungi kunda Transport boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tegishli tartibda ko‘rib chiqilib hal  etilmoqda.

 

   Joriy yilning 3 choragi mobaynida Transport boshqarmasiga jami 650 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan virtual qabulhona orqali 364 ta va boshqarmaga og‘zaki tarzda 156 ta, 130 ta yozma murojaatlar tashkil etgan.

 

   Albatta virtual qabulxona orqali ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali 253 ta, Prezident Xalq qabulxonasi orqali 93 ta, Prezident veb sayti orqali 16 ta hamda Bosh vazir qabulxonasi orqali 2 ta murojaatlar kelib tushgan.

   

Yuqorida kelitirilgan murojaatlarning 516 tasi tegshli tartibda hal etilgan, 112 tasi tushuntirishlar berilgan 20 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 2 ta murojaat boshqarma vakolat doirasiga kirmaganligi sababli boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI