TRANSPORT TO’G’RISIDAGI QONUN MUHOKAMASI BO‘YICHA OCHIQ MULOQOT

19.11.2021

Andijon viloyat transport boshqarmasida Transport to‘g‘risidagi Qonun muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda asosan xalqaro hamda mahalliy tashuvchi korxonalar ishtirok etdi.

Qonun muhokamasi davomida tashuvchi korxonalarga  davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida yuklarni tranzit olib oʻtish chogʻida tranzit yuklar va hujjatlar identifikatsiyasi,Oʻzbekistonda tovarlar va transport vositalariga nisbatan bajariladigan operatsiyalardan kelib chiqqan holda xalqaro va hududiy transport-logistika markazlari tashkil etilishi, hamda Transport-logistika markazlari ularga har qanday turdagi transportda kirib kelayotgan hamda olib chiqilayotgan yuklarni omborga joylashtirish, saqlash, ularga ishlov berish, qayta ishlash, qadoqlash va taqsimlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi tushuntirib o’tildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI