KORRUPSIYA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TO‘SIQ BO‘LUVCHI OMIL

23.11.2021

   Bugun Andijon viloyat ma’muriy sudining sudyasi A.Shyeraliyev tomonidan Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi omil mazusida transport boshqarmasi inspektorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

   Ochiq muloqotda  globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanmasligini oldini olish siz va bizning burchimiz ekanligi ta’kidlandi.

    Shuningdek, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib kelaib, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaraishi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi aytib o’tildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI