QISH MAVSUMIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH

24.11.2021

 

   Bugungi kunda joylarda harakat xavfsizligini ta’minlash bu dolzarb masaladir. Shunga asosan, bugun Andijon avtovokzali hududida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va viloyatlararo yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

   Ochiq muloqot davomida birinchi navbatda haydovchilarga qish mavsumida tuman tushishi hamda yo‘llarda muzlamalar paydo bo‘lishi xisobiga sirpanchiqlar paydo bo‘lishi, haydovchilarga noqulaylik tug‘dirishi odatiy xolat ekanligi tushuntirilib, yo‘llarda avtotransport vositalarining belgilangan tezlikdan oshirmasligi ta’kidlab o‘tildi.

   Shu bilan birgalikda viloyatdagi aksariyat jamoat transporti hamda yo‘nalishli taksilar gaz yoqilg‘isida harakatlanadi va qish mavsumida gaz bosimining pasayishi kuzatilib ba’zi yo‘nalishlarda haydovchilar tomonidan yo‘l kira narxlarini oshirib olmasliklari ta’kidlandi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI