RASMIY MUNOSABAT

28.04.2022

ISHONCH gazetasida e’lon qilingan Jamoat transporti arzon, xavfsiz ammo qulay va ishonchli ham(mi?) (jurnalist Anvarjon Halimov maqolasi) maqola yuzasidan transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

 Bugungi kunda Respublikamiz bo’yab jamoat tranporti harakatini rivojlantirish bo’ycha barcha yo’nalishlarda ishlar tashkil etilib kelinmoqda. Hususan, Andijon viloyatida jamoat transportini rivojlantirish bo’yicha 2021-2022 yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasi o’laroq 2022-2026 yillarga mo’ljallangan jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.

Viloyatda jamoat transportida yo’lovchilar tashish tadbirkorlik subektlari tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.

Tadbirkorlik subektlariga keng imkoniyatlar yaratish hamda viloyatdagi jamoat transportining rivojlantirish maqsadida Vazilar Mahkamasining 2021 – yil 8 – oktyabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-sonli qarorga asosan:

Tadbirkorlarga

  • shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida ko‘riladigan zarar mikdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) bo‘lgan yo‘nalish norentabel avtobus yo‘nalishlari qoplab berilishi;
  • tijorat banklarining Yangilash parametrlari doirasida avtobus va mikroavtobuslar xaridi uchun ajratiladigan kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq 8,0 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kafillik berilishi;
  • Yangilash parametrlari doirasida xarid qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar (xarid turidan qat’i nazar) bo‘yicha tijorat banklari tomonidan tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizli punktdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab berilishi yuqoridagi qaror bilan belgilab o’tilgan.
  • Qaror talablari asosida 2021 - yilda Andijon viloyatiga 66 ta zamonaviy rusumdagi avtobuslar hamda 2022 - yil 1-choragi davomida 15 ta zamonaviy rusumdagi mikroavtobuslar olib kelindi. Ushbu avtobuslar va mikroavtobuslar keltirilishi natijasida Andijon shahrining barcha markaziy ko’chalarida, aholi gavjum hududlarda hamda viloyatdagi barcha OTM jamoat transporti harakati to’liq zamonaviy rusumdagi avtobuslar bilan amalga oshirilmoqda.

Birgina shahar hududida emas balki qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog’lovchi yo’nalishlarda jamoat trasporti harakati bosqichma – bosqich tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyatida viloyat markazini tuman markazi bilan bog’lovchi barcha yo’nalishlarda jamoat transporti harakati yo’lga qo’yilgan.

2022 – yilning 2-choragi davomida 14 ta zamonaviy rusumdagi avtobuslar hamda 25 ta zamonaviy rusumdagi mikroavtobuslar olib kelinib yo’nalishlarga qo’yish rejalashtirilgan.

 Boshqarma viloyatda jamoat transportini rivojlantirish bo’yicha barcha amaliy ishlarni belgilab olgan.

Andijon viloyatida 2022 – yil davomida viloyatda jami 66 ta jamoat transporti yo’nalishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 Jamoat transportini yangilash aholiga sifatli transport xizmatini ko’rsatish bo’yicha bugungi kunda viloyatda 10 dan ortiq tadbirkorlik subektlari avtobus hamda mikroavtobuslar sotib olishi rejalashtirayotganligi sababli boshqarma tadbirkotlik subektlariga belgilangan tartibda barcha amaliy yordamlarni ko’rsatib kelmoqda.

ISHONCH gazetasida e’lon qilingan maqola darajasida viloyatda jamoat transporti qoloqlashib qolmaganligini balki yanada rivojlanib kelayotganligini ma’lum qilamiz..

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI