RASMIY MUNOSABAT

15.06.2022

 

  Bugun Andijonnoma rasmiy saytida eʼlon qilingan “AVTOBUS KIMNING SHAXSIY MULKI?” mavzusidagi tanqidiy maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

   Bugungi kunga kelib Andijon shahrida 210 ga yaqin avtobuslar shahrimiz aholisiga arzon sifatli transport xizmati ko‘rsatib kelmoqda. 2021-2022 yillar mobaynida viloyatga 80 ta avtobus hamda 25 ta mikroavtobuslar olib kelindi. Albatta har bir yo‘nalishda sifatli transport xizmatini ko‘rsatishda inson omili jihatidan birmuncha kamchiliklar kelib chiqmoqda. Har bir kamchilikka boshqarma o‘z uslubidan kelib chiqib yondashmoqda.

 Shu bilan birgalikda asosan avtobuslarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtokorxonalarda tajribali mehnat intizomiga amal qiluvchi haydovchilar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Shuningdek tanqidiy maqolada eʼlon qilingan haydovchining hatti-harakati hech bir haydovchilik intizomiga to‘g‘ri kelmaydi va ushbu kabi holatni transport boshqarmasi oqlamaydi.

 

Boshqarma yo’nalishlarda o'rganishlar olib borib tegishli tartibda ta'sir choralari qo'llanilgandan so'ng qo‘shimcha axborotlar taqdim etilishini maʼlum qildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI