MUHIM AXBOROT

16.06.2022

    Assalomu aleykum Andijon viloyati aholisi. Sizlarga shuni maʼlum qilamizki “Haj – 2022” mavsumida ziyoratchilarni 19, 20, 21, 22, 23 – iyun kunlari Namangan xalqaro aeroportiga xavfsiz yetkazib borish maqsadida Transport boshqarmasi tomonidan zamonaviy rusumdagi mikroavtobuslar qo‘yilishi belgilangan. Ushbu haj safari amallarini bajarish uchun ketayotgan fuqarolarimizni xavfsiz yetkazib borish maqsadida “Alpomish merosi” MCHJning tajribali jamoat transporti haydovchilari tanlab olingan.

   Shu munosabat bilan, Andijon shahri hududida jamoat transporti harakati 19, 20, 21, 22, 23 – iyun kunlari qisman kamayishini maʼlum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzur so’raymiz.

    Barchamizga Haj safarlariga borishlik nasib etsin.


Hurmat bilan Transport boshqarmasi maʼmuriyati