RASMIY MUNOSABAT


Bugun telegram ijtimoiy tarmog’ining BASTION kanalida e’lon qilingan fuqaro murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 30 - martdagi “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 249 - son Qaroriga 2 - ilova 16 - bandiga asosan “Shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari (yo‘nalishli va liniyali taksilardan tashqari)” davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlariga kiradi.
Shunga asosan, Andijon AV – Shahrixon AS yo‘nalishi shahar atrofi yo’nalishi hisoblanib yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yo‘nalishli transport (damas) vositalari erkin narxlarda yo‘lovchilar tashishlarni amalga oshiradi.
Albatta yo‘nalishlarda raqobat muhitini yaratish aholiga sifatli transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida Andijon AV – Shahrixon AS yo‘nalishida qo‘shimcha ravishda 6 ta avtobus hamda 8 ta mikroavtobuslar qatnovi tashkil etilgan
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI