OCHIQ DAVRA SUHBATI  

22.06.2022

     Bugungi kunda ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi jamoat transporti bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar hamda jamoat transporti haydovchilarning xatti-harakatlari yuzasidan tanqidiy materiallar tarqalayotganligi tufayli transport boshqarmasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchi korxona rahbarlari bilan tanqidiy ochiq davra suhbati o‘tkazildi. 

    Ochiq davra suhbatida tashuvchi korxona xodimlarining (haydovchilarning)  yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga qilayotgan muomala madaniyati, baʼzi bir haydovchilar tomonidan yo‘nalishlarda harakat xavfsizligi qo‘pol buzilayotganligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

          Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materiallar yuzasidan maʼsul korxona rahbarlariga ogohlantirishlar berildi.

     Shu bilan birgalikda transport boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘nalishlarda jamoat transporti harakati bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilishi bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI