Transport vaziri Maxkamov Ilhom Rustamovichning kecha Andijon viloyatiga tashrifi amalga oshirildi


Tashrif davomida birinchi navbatda Andijon xalqaro aeroportida viloyatning turizm sohasi vakillari bilan turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun transport bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni tinglab, Andijon – Samarqand yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar tashkil etilishini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng Andijon temir yo‘l vokzalida poezdlar jadvallarini fuqarolar uchun qulay bo‘lgan vaqtlarga moslashtirish hamda mavjud vagonlarni qayta ta’mirlash bo‘yicha mutasaddi raxbarlarga topshiriqlar berib o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarmida Andijon viloyati xokimligi mutasaddilari bilan yangi Andijon massivi arxitektura qurilishi va transport infrotuzilmasi obektlari qurilishi bilan tanishdi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI