DIQQAT EʼLON

03.03.2023

   Asaka – Shahrixon avtomobil yo‘nalishidagi Fayz hamda Navkan MFY hududidan kesib o‘tuvchi qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasini avtoyo‘l qismini 6 metrga kengaytirish va kesishma yonidan o‘tgan suv o‘tkazuvchi quvurni 13 metrga kengaytirish maqsadida ushbu yo‘l uchastkasi 2023-yil 3-mart sanasidan 13-mart sanasiga qadar 10 kun muddatga yopiladi.



   Ushbu yo‘l uchastkasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Asaka tumani hokimining 2023-yil 24-fevraldagi 10-1-17-F/23 – sonli Farmoyishi qabul qilingan.

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI