DIQQAT EʼLON

03.03.2023

   Andijon shahar “O‘zbekiston” ko‘chasidagi diamerti 1600 bo‘lgan suv quvurida nosozlik yuzaga kelganligi sababli ta'mirlash ishlari olib borilayotgan qismi vaqtinchalik yopildi.

   Ushbu ko‘cha orqali harakatlanuvchi 75-sonli Uzumzor SM - Pistamozor (ADU) avtobus yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi.

   Mazkur ko‘chadagi nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng jamoat transportlari harakati o‘z yo‘nalishida amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.

   

Hozirda mutasaddi tashkilotlar tomonidan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI