8 mart xalqaro xotin-qizlar bayrami


Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go'zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg'unlashib ketadi.
8 mart xalqaro xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.
Chindan ham, ayollarimizning oilada tutgan o'rni beqiyos. Oqila, Go'zal ayollar o'zlarining g'amho'rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug' donishmandlar Vatanga eng munosib taʼrif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta maʼno bor. Dunyoda “muqaddas” degan so‘zga eng munosib zot ham - Onadir.
Bugun Andijon viloyati transport boshqarmasida faoliyat yuritayotgan ayollar uchun bayram tadbiri tashkillashtirilib ularga minnatdorchiliklar bildirilib o‘tildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI