JOYLARDAGI PROFILAKTIK TADBIRLAR

05.01.2023

   Yo‘l kira narxlarini ortishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida Andijon viloyatining Baliqchi tumani markazi hamda tumanning Chinobod markazlarida transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB rahbariyatlari tomonidan haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

 

 Tumanning Chinobod avtostansiyasida Chinobod – Andijon, Chinobod-Baliqchi, Chinobod - Eski haqqulobod, ChinobodUlug‘nor, ChinobodO‘rmonbek, Chinobod – Oltinko‘l, Chinobod – Shahrixon yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatib kelayotgan haydovchilar bilan tuman markazida esa Eski markaz avtostansiyasida Baliqchi – Andijon, Baliqchi – Ulug‘nor, Baliqchi – O‘rmonbek, Baliqchi – Polvonko‘l, Baliqchi – Urganji, Baliqchi – G‘alaba, Baliqchi – Chinobod, Baliqchi – Aralxon, Baliqchi – Guliston yo‘nalishidagi haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

   Muloqot davomida barcha haydovchilarga tuman, muzlama hamda yoqilg‘i tanqis holatda aholiga transport xizmati ko‘rsatib kelayotganligi yuzasidan minnatdorchilik bildirib o‘tildi.

   Shuningdek, yo‘nalishlardagi yo‘l kira narxlari ortishi natijasida aholi vakillari tomonidan murojaatlar kelib tushayotganligi hamda ushbu yo‘l kira narxlarini o‘z joyiga tushirish haydovchilarning vazifasi ekanligi taʼkidlandi.

Ochiq muloqot yakunida haydovchilar yo‘l kira narxlari ortgan yo‘nalishlardagi yo‘l kira narxlarini o‘z joyiga qo‘yishini taʼkidladilar.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI