YO‘NALISHLARDAGI PROFILAKTIK TADBIRLAR


Idoralararo respublika ishchi guruhining topshirig‘iga asosan Andijon viloyati IIB YHXB hamda transport boshqarmasi tomonidan yo‘nalishlarda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Profilaktik tadbirlar viloyatning Oltinko‘l, Izboskan, Paxtaobod tumanlarida hamda Andijon shahri hududlarida amalga oshirilmoqda.
Tadbirlarda birinchi navbatda tuman tushishi natijasida haydovchilarning yo’llarda oraliq masofalarni saqlashi, tezlikni me’yoridan oshirmaslik, charchoq oqibatida va spirtli ichimlik taʼsirida rul boshqaruviga o‘tirmaslik hamda yo’nalishlarda yo’l kira narxlarini oshirmaslik bo’yicha ogohlantirishlar berib o’tilmoqda.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI