Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash 2022-yil hisoboti

09.01.2023

   Bugungi kunda fuqarolarimizning murojaat va takliflari joylarda o‘rganilib chiqib tegishli tartibda ishlar tashkil etilib hal etilmoqda.

   Albatta xar bir ko‘rib chiqilayotgan murojaatlar belgilangan tartibda qonun doirasida ko‘rib chiqilib hal etilmoqda.

   Baʼzi bir muammo va takliflar boshqarma vakolat doirasiga kirmagan taqdirda boshqa tashkilotlarga yuborilmoqda.

   Yil boshidan buyon boshqarmaga jami 404 ta murojaat kelib tushgan

   Shundan:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali 240 ta, Prezident xalq qabulxonasi orqali 62 ta hamda fuqarolarning boshqarmaga kelgan holda 41 og‘zaki va 61 ta yozma murojaatlari kelib tushgan.

   Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 262 tasi hal etilgan, 129 tasiga tushuntirishlar  berib o‘tilgan, 1 ta murojaat rad etilgan, 1 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan,  4 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan. Ushbu murojaatlarning bugungi kun holatiga 7 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI