Bugun Andijon shahri jamoat transportini rivojlantirish yuzasidan kengaytirilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.


Muloqotda Andijon shahar xokimi, Andijon shahar prokurori, Andijon viloyati IIB YHXB boshlig‘i, Andijon shahar IIB boshlig‘i hamda Transport boshqarmasi boshliqlari tomonidan Andijon shahrida jamoat transportini rivojlantirish yuzasidan tashuvchi korxonalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jamoat transporti harakatini ustuvorligini taʼminlashda birinchi navbatda jamoat transporti yo‘nalishlaridan yo‘nalishli taksi transport vositalari bosqichma-bosqich chiqarilib yuborilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, jamoat transportini rivojlantirishda 2024-yil 1-yanvaridan Andijon shahri jamoat transporti yo‘nalishlari brutto-shartnoma tarzida faoliyat yuritilishi taʼkidlandi.
Ma’lumot uchun: brutto-shartnoma tizimi – yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashish хizmatlari uchun “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma.