ANDIJON – O‘SH ХALQARO YO‘NALISHI QAYTA TIKLANDI

01.06.2021

   O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikasi Transport vazirliklari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan Andijon  - O‘sh yo‘nalishi qayta tiklandi.

 

   Ushbu yo‘nalish 2019 - yil 25 - sentyabr sanasida ochilgan bo‘lib, 2020 - yilda Respublikamiz hududiga koronavirus infeksiyasini kirib kelishini oldini olish maqsadida vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.

    2021 - yil 1 - iyun sanasidan ushbu yo‘nalish qayta tiklanib, Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli “Transordo” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 12 dona zamonaviy mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

    Qatnovlar Andijon avtovokzalidan amalga oshirilib, yo‘l chiptalarini avtovokzal kassalaridan olishingiz mumkin. Yo‘nalishning yo‘l kira narxi 15 ming so‘mni tashkil etadi.

 

   Davlat chegaralarini kesib o‘tish jarayonida ikki davlat fuqarolaridan so‘nggi 72 soat ichida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatuvchi PZR testi natijalari hamda O‘zbekiston fuqarolaridan horijga chiqish biometrik pasporti mavjud bo‘lishi talab etiladi.

 

     Ma’lumot uchun : +998 74 228 46 53

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI