O‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar hamda o‘quvchilarga poyezd chiptalarida chiptaning ta’rif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berildi.

21.12.2020

Talabalar va o‘quvchilarning qishki o‘quv ta’tilini maroqli o‘tishida hamda mamlakatimizning qadimiy va navqiron shaharlariga sayohat qilishlariga qulaylik yaratish maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2020 yil 28 dekabrdan, 2021 yil 10 yanvargacha oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar hamda o‘quvchilarga poyezd chiptalarida chiptaning ta’rif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma beriladi.
IZOH: Ushbu chiptalar imtiyozli bo‘lganligi uchun ularni faqat temir yo‘l kassalarida harid qilishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 Talabalar va o‘quvchilar uchun imtiyoz va qulayliklar!