Joylarda belgilangan karantin talablari bo‘yicha nazorat tadbirlari

02.07.2021

Respublikamiz hududida koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish bo‘yicha joylarda belgilangan karantin talablari bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Hususan, viloyat IIB YHXB hamda Transport boshqarmasi inspektorlari yo‘nalishsiz taksi haydovchilari va yo‘lovchilarining karantin qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelmoqda.

Boshqarma yo‘lovchi hamda haydovchilardan avtovokzal, avtostansiyalarda, jamoat joylarida hamda jamoat transportidan foydalanishda belgilangan karantin qoidalariga qatiy amal qilishlarini so‘rab qoladi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI