NON BU RISQU – RO‘ZIMIZ. UNI YIG‘ISHTIRIB OLISHGA KO‘MAKLASHISH SIZ - U BIZNING BURCHIMIZDIR

04.06.2021

   Andijon viloyati transport boshqarmasida viloyat IIB YHXB, viloyatdagi don qabul qilish shahobchalarining mas’ul hodimlari hamda viloyatdagi yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchi korxonalar o‘rtasida viloyatda yetishtirilgan g‘allani nes – nobut qilmay yig‘ib olish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   Yig‘ilishda don mahsulotlarini tashish jarayonida, don yig’ish punktlarida, yo‘nalishlarda, dala maydonlarida avtotransport vositalarining harakat xavfsizligi bo‘yicha hamda haydovchilarning ushbu talablarga amal qilishi yuzasidan yo‘riqnomalarga rioya etishlari aytib o‘tildi.

 E’tiborli jihati shundaki, bu yil Andijon viloyatida 200 ming tonnadan ziyod bug’doy yig‘ishtirib olish rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu mavsumni doimgidek viloyatning Ulug‘nor tumanidan boshlanishi belgilangan.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI