Taqdim etilgan litsenziya va litsenziya kartochkalari

08.06.2021

     Boshqarma tomonidan 2021-yil 5-oyi mobaynida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga 507 ta litsenziya hamda 21061 ta litsenziya kartochkalari taqdim etilgan.

     Litsenziya va litsenziya kartochkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 636-son qaroriga asosan tadbirkorlarni davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘llagan arizalariga asosan taqdim etilgan.

 

Boshqarma MATBUOT XIZMATI