YO‘LOVCHILARNI LITSENZIYASIZ TASHISH QONUNGA XILOF 

03.06.2021

   Bugun Andijon viloyati transport boshqarmasida ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Sud jarayonida 95 nafar fuqarolarga nisbatan tuzilgan ma’muriy bayonnomalar ko‘rib chiqildi. Ulardan 86 tasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271 - modda 11 - bandiga asosan ma’muriy  javobgalikdan ozod etildi, 9 nafar fuqarolar huquqbuzarlikni qayta sodir etganligi sababli  sud organi tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy jarimalar belgilandi.

 

Boshqarma fuqarolarga shuni ma’lum qiladiki, yo‘lovchi tashish faoliyati litsenziya talab etiladigan faoliyat turi hisoblanib, litsenziyasiz yo‘lovchi tashish qonunga xilof ekanligini bildiradi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI