Bo‘sh ish o‘rinlari

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi PF-5843-son Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan (saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno). 

 

   Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/) orqali roʼyxatdan oʼtishlari, vakant boʼlgan lavozimga soʼralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur!