XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO'LIB O'TDI

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
......................................................
Bugun Andijon mashinasozlik institutida "O'zbekistonda avtomobil transportini rivojlantirish istiqbollari: Loyihalash, ishlatish va Logistika" mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo'lib o'tdi.
Tashkil etilgan anjumanda Sharda Universiteti, Koreya U1 Universiteti, Rossiya Ufa davlat neft-texnika universiteti, Qirg'iziston, Tojikiston, EBSCO Informatsion xizmatlarning mintaqaviy vakillari, Andijon viloyati transport boshqarmasi va boshqa tegishli tizim mas'ullari ishtirok etdi.
Andijon viloyatida jamoat transporti sohasini rivojlantirish uchun belgilangan vazifalar va bu sohadagi erishilgan yutuqlar va kamchiliklar, M1 (Damas) toifadagi transport vositalarini bosqichma-bosqich M2-M3 (mikroavtobus-avtobus) toifali transport vositalariga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yangi jamoat transporti yo‘nalishlarini tashkil etish, ko‘chalarda jamoat transporti ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi AXBOROT XIZMATI.