“Yoshlar forumi Andijon 2021” dasturi yuzasidan o‘tkazilgan MATBUOT ANJUMANI

19.05.2021

 

   Bugun Andijon viloyati hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi bilan birgalikda matbuot anjumani o‘tkazildi.

   Matbuot anjumanini Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shukurov O‘tkir Ilxomovich o‘tkazdi.

  Forumning asosiy maqsadi etib “Yoshlar forumi Andijon 2021”  dasturida maktab bitiruvchilari hamda 30 yoshgacha bo‘lgan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha Andijon tajribasini keng targ‘ib qilish olingan.

Ushbu matbuot anjumanida OAV, journalist va blogerlar ishtirok etib dastur doirasida bajarilishi kerak bo’lgan tavsiyalarini berdilar.

 

Boshqarma MATBUOT XIZMATI