ANDIJONDA TIRBANDLIKNI OLDINI OLISH CHORALARI KO‘RILMOQDA


Andijon shahri markaziy ko‘chalarida yuzaga kelayotgan tirbandlikni oldini olish maqsadida Andijon viloyati hokimligi, viloyat IIB YHXB, viloyat Transport boshqarmasi hamda viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasi bilan birgalikda haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 4 ta chorrahada cho‘ntak yo‘llar qurilishi rejalashtirildi.
Ulardan, Navoiy va Mustaqillik shohko‘chalari kesishmasida 3 ta, Boburshoh va O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasida 2 ta, Boburshoh va Y.Otabekov ko‘chalari kesishmasida 3 ta, A.Temur shohko‘chasi va Paxtakor ko‘chasi tutashmasida 1 ta cho‘ntak yo‘l qurilmoqda. Qurilish ishlariga viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tizimidagi 10 ta korxona jalb etilgan.