Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruhi Andijon viloyatida bo‘ldi

04.02.2021

   Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruhi Andijon viloyati Asaka tumanining “Navro‘z” MFY, Xo‘jaobod tumanining Do‘stlik chegara postida joylashgan logistika markazi, Andijon shahrida joylashgan “Buyuk qurilish elit” MChJ va Bo‘ston tumanidagi Bo‘z avtostansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Asaka tumanining “Navro‘z” MFYda aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, hudud ahlini qiynab kelayotgan transport qatnovi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Viloyat transport boshqarmasi mas’ullariga tashuv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni jalb etgan holda transport qatnovini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, viloyat transport boshqarmasida tashuv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan Andijon viloyatida jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI