TENDER PLATFORMASI

02.02.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-son Farmoni 5-ilovasi “Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan” chora-tadbirlarning 24 – bandida keltirilgan shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni faqat internet tarmog‘i orqali elektron shaklda o‘tkazish tartibini belgilash transport vazirligiga yuklatilgan edi.

Shunga asosan, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining yagona interaktiv axborot portali ishga tushirilib tender platformasi shakllantirildi. 

Hozirda mavjud tender kontraktlari ushbu platformaga joylanmoqda.

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI