Andijon viloyati Transport boshqarmasi tomonidan 2021 yil 1 yarim yillikda bajarilgan ishlar

HISOBOTI
1. Joriy yilning 1-yarim yillik davomida Andijon viloyati Transport boshqarmasiga 588 ta fuqarolar murojaati kelib tushgan. Shundan: 250 ta fuqarolar murojaati bevosita boshqarmaga kelgan fuqarolar, 338 tasi virtual qabulxonalar orqali kelib tushgun.
Boshqarmaga kelgan murojaatining 192 tasi qanoatlantirilgan, 58 tasiga tushuntirishlar berilgan.
Virtual qabulxona orqali kelgan murojaatlarning 228 tasi qanoatlantirilgan, 122 tasiga tushuntirishlar berilgan bo‘lib, 6 ta fuqaro murojaati ko‘rmasdan qoldirilgan, 20 ta fuqaro murojaati ko‘rib chiqish rad etilgan hamda 2 ta fuqarolar murojaati tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari murojaatlari uchun yaratilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasi orqali 1-yarim yillik davomida murojaatlar kelib tushmagan.
2. Andijon viloyatida jami yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni 304 ta bo‘lib, ularni 251 tasi faoliyat ko‘rsatayotgan yo‘nalishlar hamda 53 tasi vaqtincha faoliyat ko‘rsatmayotgan yo‘nalishlardir.
2021 yil 1-yarim yillik davomida 1 ta 14 - son “Gulshan – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishida avtobuslar harakati qayta yo‘lga qo‘yildi.
3. Boshqarma inspektorlari hamda IIB YHXB bilan birgalikda 598 ta reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Reyd tadbirlari davomida 2316 ta huquqbuzarliklar aniqlanib ularga nisbatan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib sud organlariga yuborilgan.
2036 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha tuzilgan bayonnomalar sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqarolar yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etganligi sababli ogohlantirishlar berilgan.
Shuningdek, Ma’muriy huquqbuzarlikni qayta sodir etgan hamda yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlikni o‘ttiz kun muddatda bartaraf etmagan 280 fuqarolarga nisbatan ma’muriy jazo choralari ko‘rilgan.
4. Litsenziya va ruxsat etuvchi hujjatlarni taqdim etishda boshqarma tomonidan 2021 yil 1-yarim yillikda 514 ta litsenziya va 23 336 ta litsenziya kartochkalari taqdim etilgan. Shundan yuridik shaxslarga 513 ta litsenziyalar hamda 23 335 litsenziya kartochkalari, Prezidentimizning 2021 yil 7 maydagi PQ-5108-sonli Qaroriga asosan 1 ta yakka tartibda yo‘lovchi tashish uchun litsenziya va litsenziya kartochkasi taqdim etilgan.
5. Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarni bepul yurishi uchun yagona namunadagi guvohnomalar taqdim etilishi belgilangan bo’lib ushbu vazifa transport boshqarmasiga yuklatilgan. Boshqarma tomonidan 2021 yil 1- yarim yillikda 5 ta ushbu kabi guvohnomalar taqdim etilgan.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI