“Transport to‘g‘risida” gi Qonun tahlili yuzasidan o‘tkazilgan vebinar


Ushbu vebinar davomida birinchi o’rinda Qonun transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishligi aytib o’tilib, Qonunning amal qilish doirasiga kiruvchi quyidagi:
- quvur transporti faoliyati va elektr uzatish liniyalari orqali elektr energiyasining olib o‘tilishi;
- transportga oid bo‘lmagan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari faoliyati;
- idoraviy yo‘lovchi tashish transportining, shuningdek beg‘araz asosda tashishlarni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyati;
- harbiy, harbiy-yordamchi, chegarani qo‘riqlaydigan kemalarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklarni va harbiy tarkiblarni tranzit tashishlarni amalga oshirish faoliyati;
- eksperimental va davlat aviatsiyasining faoliyati;
- xususiy mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarga ko‘ra, tashishlarni o‘zlariga tegishli bo‘lgan transport vositalaridan foydalangan holda beg‘araz asosda va shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun amalga oshiradigan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmasligi vebinar davomida bildirib o‘tildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI