HASHAR - ELGA YARASHAR

21.08.2021

   Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.

   Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.

   

   Vazirlar Mahkamasining 455 sonli Farmoyishiga asosan joriy yilning  avgust oyi "Mahallalarni obodonlashtirish" oyligi deb e’lon qilinishi munosabati bilan 21 avgust umumxalq hayriya hashari o'tkazilishi belgilandi.

   Bugun Andijon viloyat transport boshqarmasi jamoasi hamjihat bo‘lib, erta tongdan hasharda faol ishtirok etmoqda.

   

   Hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda. Boshqarma binosi va unga tutash hududlar saranjom-sarishta holatga keltirilib, daraxtlar oqlandi, avtoturargoh hududlari chiqindilardan tozalandi.

   Ushbu tadbir ishchi hodimlar orasida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tayotganini alohida ta’kidlash joiz.

Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI