RASMIY MUNOSABAT

23.08.2021

  Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali Dildora Olimjonovaning #ВАДА_БАЖАРИЛАДИМИ? #Андижонлик_талабаларни_бирлаштирган_муаммо mazmunidagi maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

   Respublikamizda bugungi kunda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar natijasida viloyatimizda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yaxshilanmoqda.

   Shunga asosan Andijon shahrida yo‘lovchilar tashishda jamoat transporti o‘rnini ko‘tarish maqsadida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yo‘nalishlarni zamonaviy avtobuslar bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.

  Fuqaro D.Olimjonova ta’kidlagan Soy – Yangi bozor (Universitet orqali) yo‘nalishiga boshqarma tomonidan 2 marta avtobuslar qatnovi tashkil etilgan lekin ushbu avtobuslar uchun belgilangan kunlik tushum me’yorida bo‘lmaganligi sababli tadbirkor tomonidan avtobuslar boshqa yo‘nalishlarga joylashtirilgan.

   Endilikda Viloyatga qo‘shimcha 50 ta zamonaviy rusumdagi avtobuslar hamda 40 ta mikroavtobuslar olib kelinishi kutilmoqda. Albatta ushbu Soy – Yangi bozor (Universitet orqali) yo‘nalishida transport boshqarmasi hodimlari tomonidan tegishli xronometraj ishlari yakunlanib yo‘nalish chizmalari tayyorlangan. Shuningdek avtobuslarning tegishli harakat jadvallari ishlab chiqilgan.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI