FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH


Bugungi kunda fuqarolarimizning murojaat va takliflari joylarda o‘rganilib chiqib tegishli tartibda ishlar tashkil etilib hal etilmoqda.
Albatta har-bir ko‘rib chiqilayotgan murojaatlar belgilangan tartibda qonun doirasida ko‘rib chiqilib hal etilmoqda.
Ba’zi bir muaammo va takliflar boshqarma vakolat doirasiga kirmagaganligi sababli boshqa tashkilotlarga yuborilmoqda.
Yil boshidan buyon boshqarmaga jami 588 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali 253 ta;
- Xalq qabulxonasi orqali 85 ta;
- fuqarolarning boshqarmaga kelgan holda 136 og‘zaki;
- fuqarolarning boshqarmaga kelgan holda 114 ta yozma murojaatlari kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarning 558 tasi bugungi kun holatiga ko‘rib chiqilgan, qolgan 30 tasi ish jarayonida.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 448 tasi hal etilgan, 88 tasiga tushuntirishlar berib o‘tilgan 20 tasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasiga asosan ko‘rmay qoldirilgan hamda 2 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
Murojaatlarning tahliliga o‘tadigan bo‘lsak, ularning ko‘p qismi ya’ni 200 ga yaqini yil boshidan pandemiya sababli fuqarolarimizning sotib olingan aviabiletlaridan foydalana olmaganli hamda aviabiletlar chet el aviakompaniyalariga tegishliligi uchun foydalanilmagan avibiletning pul birligini qaytarishda birmuncha fuqarolarimiz vaqtdan yutkizganligi sabab bo‘lgan.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI