Viloyat IIB YHXB hamda Transport boshqarmasi rahbarlari tomonidan joylarda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashuvchi korxonalar bilan o‘tkazilgan OCHIQ MULOQOT

07.08.2021

   Bugungi kunda viloyatda sifatli transport xizmatini ko'rsatib kelayotgan tashuvchi korxona haydovchi va rahbarlari (viloyatda avtobus hamda mikroavtobuslarda xizmat ko'rsatuvchi tashuvchilar) bilan IIB YHXB rahbari S.Zingirov hamda Transport boshqarmasi boshlig'i O'.Mashrapovlar ochiq muloqot o'tkazdi.

Ochiq muloqotda:

  • viloyatimizda yo'lovchi tashishda foydalanilayotgan avtobus hamda mikroavtobuslarning bugungi kundagi holati tahlilini o'tkazish;
  • tashuvchi korxonaning tender talab va shartlariga rioya etishi bo'yicha majburiyatlarini bajarishda yuzaga kelayotgan muammolari va ularning yechimlari;
  • korxonalarda hodimlar va haydovchilar uchun yaratilgan sharoitlar qay darajada tashkil ekanligi;
  • yo‘nalishlarda harakat xavfsizligini ta’minlashda jamoat transportlarining o‘rni yuqori ekanligi to'g'risida suhbatlar olib borildi.

Shuningdek, yo'nalishlarda harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha shahar-tuman YHXG hamda Transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan ishchi guruhlar tuzilib YPX maskanlarida ikki smenada ish tashkil etiladi.

Andijon viloyati transport boshqarasi MATBUOT XIZMATI