Yangi avtobuslarning 3 partiyasi Andijon viloyatiga yetib kelmoqda


"Alpomish Merosi" MChJning ”ZHONGTONG BUS (HONG KONG) Company LIMITED” korxonasi bilan tuzgan 4,375 mln dollarlik shartnomasiga asosan 70 dona ZHU YONGHU rusumli avtobuslarning birinchi partiyasida 20 tasi olib kelingan edi (14 avgustda).
Shundan so‘ng 25 sentyabr kuni ushbu avtobuslarning yana 14 tasi Andijon viloyatiga olib kelinib 22 – sonli “Pistamozor - Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishida bugundan yo‘lovchilar tashishni boshladi.
Bugun esa yana 10 ta ZHU YONGHU rusumli avtobuslar Respublikamizga kirib keldi. Hozirda Andijon viloyatiga olib kelinmoqda.
Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifidan so‘ng jami 54 ta avtobuslar Andijon shahriga olib kelinib, yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni boshladi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI