YO’L XO’JALIGI BILAN BOG’LIQ ISHLAR STATISTIKASI


Bugungi kunda Respublikamiz hududida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning samarasi o’laroq, mahalliy (viloyat) hamda davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarinini ta’mirlash, qayta tiklash bo’yicha izchil ishlar amalga oshirilib aholi vakillariga qulayliklar yaratilmoqda.
Albatta yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha Andijon viloyatida yo‘llarni asfaltlashtirish, shag‘allashtirish hamda maydalangan tosh qoplamasi bilan ta’minlash ishlari bosqichma - bosqich reja asosida amalga oshirilmoqda.
Xususan, Joriy yilning 9 oyi mobaynida viloyatda yo‘l xo’jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi:
- 1461km (shundan, 600 km yo‘l hashar yo’li bilan) ichki yo‘llar ta’mirlandi;
- 861.2 km (shundan, 454.2 km yo‘l asfaltlashrtirish hamda 407 km yo‘lga shag‘allashtirish) hududlarda belgilab o‘tilgan barcha dasturlar doirasida;
- Shundan Obod qishloq va Odod mahalla dasturi boyicha 112.8 km asfalt 132.8 km ichki yo‘llarda tamirlash ishlari amalga oshirildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI