RESPUBLIKA KO‘RIK TANLOV G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR


Joriy yilning 28-oktyabr kuni O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Respublika Kengashi tomonidan Toshkent shahrida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom talablari ijrosini ta’minlash, ish beruvchilar hamda keng jamoatchilikning e’tiborini mehnatni muhofaza qilish masalalarini hal etishga qaratish, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ish beruvchi tomonidan xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, shuningdek mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tarmok kasaba uyushma Andijon viloyati tizimidagi Shaxrixon tumanidagi “Umrbod” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan Abduvaliyev Ravshanbek Respublikada fahrli 1-o‘rinni egalladi. G‘olib tarmoq kasaba uyushma Respublika Kengashining Diplom va qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: Abduvaliyev Ravshanbek Shaxrixon tumanida joylashgan “Yangi bozor” avtostansiyasi faoliyatini yuritadi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI