OCHIQ MULOQOT

03.11.2021

    Viloyatdagi transport korxona rahbar hodimlariga huquqbuzarliklarni sodir etilishini oldini olish maqsadida IIB YHXB hamda Transport boshqarmasi rahbarlari ochiq muloqot o‘tkazidilar.

   Ochiq muloqotda haydovchilardan yo‘llarda harakat xavfsizligini oshirish, yo‘lovchilar bilan hushmuomalada bo‘lish, yo‘lovchilarni belgilangan joylarda olish va tushirish bo‘yicha topshiriqlar berib o‘tildi.

   Shuningdek, ochiq muloqotda Andijon shahrida sodir etilgan 2 nafar haydovchilar hayotiga solingan xavf to‘g‘risida ham ma’lumotlar berilib, ushbu kabi muammoga duch kelganda qanday harakatlar sodir etish bo‘yicha haydovchilarga amaliy tushunchalar o’rgatildi.

   

   Muloqot so’ngida davomida haydovchilarni qiziqtirgan savollarga boshqarma boshliqlari tomonidan javoblar berib o‘tildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI